Pomuk shifoxonasi Yuqumli kasalliklar bo‘limida virusli gepatit A (VGA) kasalligi bilan davolanayotgan bemor bilan epidemiologik tekshiruv ishlari olib borildi.
Tekshiruv davomida kasallikning ehtimoliy yuqish yo‘llari, epidemiologik anamnez hamda bemorning kasallik bilan bog‘liq holatlari o‘rganildi.
Shuningdek, virusli gepatit A kasalligining tarqalishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik tavsiyalar berildi.
🛡 Virusli gepatit A profilaktikasi:
🔹 Qo‘llarni sovunlab, tez-tez va to‘g‘ri yuvish;
🔹 Faqat xavfsiz va sifatli ichimlik suvidan foydalanish;
🔹 Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda saqlash;
🔹 Uy-joy va atrof-muhit tozaligiga e’tibor berish;
🔹 Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish.
⚠️ Unutmang! Virusli gepatit A asosan fekal-oral yo‘l orqali yuqadi. Oddiy, ammo muhim gigiyena qoidalariga amal qilish