Chang bo‘ronlari paytida havodagi chang va mayda zarrachalar miqdori ortib, nafas olish tizimiga noqulay ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa bolalar, keksalar, homilador ayollar va nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lgan insonlar ehtiyot choralariga alohida e’tibor berishlari zarur.
⚠️ Chang bo‘ronlarining salbiy ta’siri:
🔹 Ko‘z, burun va tomoq shilliq qavatlarini ta’sirlantirishi;
🔹 Yo‘tal, tomoq qichishishi va nafas olishdagi noqulayliklarni kuchaytirishi;
🔹 Allergik belgilarni zo‘raytirishi;
🔹 Atrof-muhitning changlanishi va sanitariya holatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
🛡 Changli havoda qanday himoyalanish kerak?
✅ Imkon qadar ochiq havoda uzoq vaqt qolmang.
✅ Tashqariga chiqishda niqob yoki boshqa mos himoya vositasidan foydalaning.
✅ Deraza va eshiklarni chang bo‘roni vaqtida yopiq saqlang.
💚 Toza muhit — sog‘lom hayot garovi!
Mirishkor tumani SEO va JS bo‘limi