Yangi o‘quv yilining boshlanishi arafasida maktablarda sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish muhim ahamiyatga ega.
Maktablar yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratishi lozim:
✅ Sinfxonalar — toza, yorug‘ va shamollatiladigan bo‘lishi;
✅ Ichimlik suvi — sifatli va xavfsiz bo‘lishi;
✅ Sanitariya xonalari — toza, ozoda va zarur gigiyena vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi;
✅ Parta va stullar — o‘quvchilarning yoshiga mos va soz holatda bo‘lishi;
✅ Yoritish va shamollatish — belgilangan gigiyenik talablarga javob berishi;
✅ Maktab hududi — obodonlashtirilgan, chiqindilardan xoli va xavfsiz bo‘lishi;
Maktablarni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash — o‘quvchilar salomatligini asrash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.