Sanepid qo‘mitasi Mirishkor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Pomuq shaharchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalarida rejali nazorat tadbirlari olib borildi.
🔎 Nazorat davomida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablari, xodimlarning shaxsiy gigiyenasi hamda hududning sanitariya holati o‘rganildi.
📌 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🛡 Sanitariya talablariga rioya qilish — aholi salomatligini himoya qilishning muhim garovidir!
Sanepidqo’mita Mirishkor tuman Axborot xizmati