Yangi o‘quv yili arafasida maktablarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish va yuqumli kasalliklarning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
🦠 Gepatit A — asosan ifloslangan suv, oziq-ovqat hamda iflos qo‘llar orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Shu sababli bolalar orasida shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish ayniqsa muhim.
🔹 Oldini olish uchun:
✅ Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish;
✅ Faqat xavfsiz va sifatli ichimlik suvidan foydalanish;
✅ Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib iste’mol qilish;
✅ Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya talablariga muvofiq saqlash;
✅ Maktab oshxonasi, sinfxona va sanitariya xonalarining tozaligini ta’minlash;
✅ Bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalarini muntazam tushuntirish
🏫 Mirishkor tuman SEO va JS bo‘limi