IT TISHLASHI BILAN BOG‘LIQ HOLAT BO‘YICHA EPIDEMIOLOGIK SURISHTIRUV O‘TKAZILDI

Mirishkor tumanidagi Pomuk shifoxonasi jarrohlik bo‘limida it tishlashi natijasida jarohat olgan bemor bilan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
🔎 Surishtiruv davomida it tishlashi bilan bog‘liq holat, hodisaning yuz bergan sharoitlari hamda bemorning murojaat qilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘rganildi.
🩺 Bemorning tibbiy yordam olishi, jarohat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarning muhimligi tushuntirildi.
⚠️ Eslatma: Hayvon tishlagan yoki tirnagan taqdirda jarohatni e’tiborsiz qoldirmasdan, imkon qadar tezroq tibbiyot muassasasiga murojaat qilish zarur.

⚡️ Sanepidqo’mita Mirishkor tuman Axborot xizmati