Mirishkor tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
💊 “Umid Bio Med Farm” xususiy korxonasi dorixonasida dori vositalarining saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddatlari hamda sanitariya-gigiyena talablari o‘rganildi.
🍽 “Homidov Nurbek Kamolovich” xususiy korxonasining umumiy ovqatlanish oshxonasida sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash sharoitlari ko‘rib chiqildi.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
⚡️ Sanepidqo’mita Mirishkor tuman Axborot xizmati