Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida jamoat hojatxonalari qanday bo’lishi kerak?

Toza va gigiyenik hojatxona — mijozlar salomatligini himoya qilish hamda sanitariya madaniyatining muhim ko’rsatkichidir.
🧼 Jamoat hojatxonalarida quyidagilar ta’minlanishi lozim:
✅ Doimiy tozalik va o’z vaqtida dezinfeksiya.
✅ Sovuq va issiq suv, suyuq sovun hamda qo’l quritish vositalarining mavjudligi.
✅ Toza va soz holatdagi sanitariya jihozlari.
✅ Yopiq qopqoqli chiqindi qutilari.
✅ Yetarli shamollatish va yoritish.
✅ Noxush hidlarning oldini olish va sanitariya holatini muntazam nazorat qilish.
✅ Nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qulay sharoitlarning yaratilishi.
🩺 Esda tuting! Toza jamoat hojatxonasi nafaqat qulaylik, balki ichak infeksiyalari va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga xizmat qiluvchi muhim sanitariya talabidir.
📌 Sanitariya qoidalariga rioya qilish — har bir tadbirkorning mas’uliyati, har bir mijozning esa sog’lig’i va xavfsizligining kafolatidir.