Mirishkor tumanida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tadbir tuman hududidagi YaTT Ya‘gmurov Beg‘am Yusufboy o‘g‘lining oziq-ovqat mahsulotlari savdo do‘konida o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari;
🔹 mahsulotlarning yaroqlilik muddati va qadoqlanish holati;
🔹 savdo joyining sanitariya holati;
🔹 oziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi;
🔹 xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Mirishkor tumani sanitariya-gigiyena bo‘limi