Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari aholi salomatligini asrashning muhim omillaridan biridir.
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi bo‘yicha belgilangan talablariga rioya etilishi;
🔹 Mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti va qadoqlanishi nazorat qilinishi;
🔹 Savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi;
🔹 Iste’molchilarga mahsulot haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etilishi;
🔹 Sifati kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan yoki saqlash sharoiti buzilgan mahsulotlarning realizatsiyasiga yo‘l qo‘yilmasligi muhim.
📌 Unutmang: oziq-ovqat xavfsizligi — faqat nazorat qiluvchi tashkilotlarning emas, balki ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va iste’molchining ham umumiy mas’uliyatidir.
🛡 Sifatli oziq-ovqat — sog‘lom hayot garovi!
Sanepid qoʻmita Mirishkor tuman boʻlimi.