Transyog‘lar — bu suyuq o‘simlik yog‘larini kimyoviy yo‘l bilan qattiq holatga keltirilgan sun’iy yog‘lardir.
Ular qaysi mahsulotlarda ko‘p?
🍟 Fast-fudlar (kartoshka fri, burgerlar).
🍩Tayyor tort, pechenye va vaflilar.
🍿Chips va popkornlar.
🧈 Yarim tayyor muzlatilgan xamirlar.
⚠️ Organizmga asosiy zararlari:
Qonda «yomon» xolesterinni oshirib, infarkt va insult xavfini keskin kuchaytiradi.
Moddalar almashinuvini buzib, 2-tur qandli diabetga olib keladi.
Organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini chaqiradi.
🛡 Nima qilish kerak?
Mahsulot xarid qilayotganda yorlig‘idagi yozuviga e’tibor bering va iloji bo‘lsa, voz keching.
Uy sharoitida tabiiy sariyog‘ va o‘simlik yog‘laridan foydalaning.
Fast-fud va tayyor shirinliklar iste’molini cheklang.
⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati
