Bolalarda shamollashni erta aniqlash belgilarini bilasizmi?

Sovuq kunlarda bolalar shamollashga juda moyil bo‘ladi. Kasallikni erta aniqlasangiz, uni og‘ir holatga o‘tishidan saqlab qolish mumkin. Quyidagi belgilarni e’tibordan chetda qoldirmang 👇

🌡 1. Harorat ko‘tarilishi
Bolada to‘satdan isitma chiqishi – organizm virusga qarshi kurashayotganidan darak.

🤧 2. Burun bitishi yoki oqishi
Burun bitishi, ayniqsa tungi uxlashda qiynalish — shamollashning dastlabki belgisi.

😴 3. Holsizlik va ishtahaning yo‘qolishi
Bola o‘yin o‘ynashni xohlamasa yoki tez charchasa, bu ham signal.

😮‍💨 4. Yo‘tal yoki tomoq og‘rishi
Avvaliga yengil “quruq” yo‘tal paydo bo‘lib, keyin nam yo‘talga o‘tishi mumkin.

💡 Maslahat:
Bolani iliq tuting, lekin ortiqcha o‘rab yubormang.
Iliq suyuqliklar ichiring (asal qo‘shilgan iliq sut, meva choyi).
Agar alomatlar 2–3 kundan so‘ng ham yo‘qolmasa, pediatrga murojaat qiling!

🧡Sog‘lom bola — baxtli oila!

⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati