🌊 Maxsus ruxsat va gigiyenik nazoratdan oʻtmagan daryo, kanal, ko‘l, suv ombori yoki boshqa suv havzalari boʻlib, ularda choʻmilish inson salomatligi va hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
🦠 Suvda ichak infeksiyalari, teriga ta’sir qiluvchi bakteriyalar, gelmintlar bo‘lishi mumkin.
⚗️ Kimyoviy moddalar:
Atrofda sanoat chiqindilari yoki qishloq xo‘jalik zaharlari (pestitsid, o‘g‘it) bo‘lsa, suv kimyoviy jihatdan ham xavfli bo‘ladi.
🪸 Suv ostida o‘tkir toshlar, temir-tersak, balchiq, g‘ovaklar yoki o‘simliklar bo‘lishi mumkin. Qorong‘i va ko‘rinmaydigan joylarda cho‘milish suzishni yaxshi bilmaydiganlar uchun xavf tug‘diradi.
🌀 Suv ostida girdoblar bo‘lishi mumkin, bu esa cho‘kib ketish xavfini oshiradi.
✅ Faqat ruxsat etilgan joylarda cho‘miling
Masalan; gigiyenik nazoratdan o‘tgan va xavfsizlik xodimlari bo‘lgan suzish havzalari yoki suv omborlari.
👶 Bolalarni qat’iy nazoratda tuting- bolalar ko‘pincha xavfni anglamasdan noqonuniy joylarda cho‘milishadi.
🚫 Tanish bo‘lmagan joylarga suzib o‘tishdan saqlaning — suv sathi va chuqurligi o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin.
❌ Noqonuniy cho‘milish joylarida cho‘milish hayot uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Har yili ko‘plab odamlar aynan shunday joylarda cho‘kib halok bo‘lmoqda yoki kasallik yuqtirmoqda.
“Sog‘lig‘ingiz va hayotingiz – o‘z qo‘lingizda. Faqat xavfsiz va ruxsat etilgan joylarda cho‘miling”
Fuqaro muhofazasi va favqulotda vaziyatlar boʻyicha mutaxassis: Asilbek Nurmatov
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.