O‘zbekiston Respublikasi SSV qoshidagi SEO va JS qo`mitasining milliy referens laboratoriyasi vrach laboranti O.Qosimov tomonidan Qashqararyo viloyatdagi bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, jumladan brutsellyoz kasalligining serologik tashhisoti bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti 2023 yil 2-avgust kuni Muborak tumanining bakteriologiya laboratoriyasida tashkil etildi. Bunda Mirishkor tuman SEO va JS bo’limidan Bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Sh. Elliyev va bakterilologik vrach Z. Shodiyev qatnashdilar.