Obod va xavfsiz muhit — salomatlik garovidir!
Sanepid qo‘mitasi Mirishkor tuman SEO va JS bo‘limida hududni yanada obodlashtirish, xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida qurilish-ta’mirlash hamda obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
🔹 Bino va kirish qismidagi ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda;
🔹 Eskirgan va shikastlangan qismlar yangilanmoqda;
🔹 Hududdagi qurilish chiqindilari tozalanib, tartibga keltirilmoqda;
🔹 Obodonchilik ishlari olib borilib, hududning sanitariya holati yaxshilanmoqda;
🔹 Ish jarayonida xavfsizlik va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌿 Toza, obod va xavfsiz hudud — sog‘lom mehnat muhitining muhim qismidir!
📍 Sanepid qo‘mitasi Mirishkor tuman SEO va JS bo‘limi