Yomg‘irli havo inson uchun foydali ekanini bilasizmi?

1️⃣ Havoni tozalaydi.
Yomg‘ir havodagi chang, tutun, allergen va zararli gazlarni yuvib tushiradi. Natijada havo yanada toza va sog‘lom bo‘ladi.

2️⃣ Nafas olishni yengillashtiradi.
Toza, nam havo nafas yo‘llarini yumshatib, ayniqsa, astma yoki allergiyasi bor odamlar uchun yengillik beradi.

3️⃣ Ruhiy holatni yaxshilaydi.
Yomg‘ir tovushi va nam havo ko‘pchilikda tinchlanish va stressning kamayishiga yordam beradi.

4️⃣ Tabiiy namlikni oshiradi.
Nam havo teri va shilliq qavatlarning qurib ketmasligini ta’minlaydi.

5️⃣ Mikroblarni kamaytiradi.
Yomg‘ir havodagi ayrim mikroorganizmlarni yuvib tushiradi, atrof-muhitni qisman tozalaydi.

⚡️ Sanepidqo’mita Axborot xizmati