Kuydirgi qanday kasallik?

🦠 Kuydirgi (Sibir yara) – Bacillus anthracis bakteriyasi qo‘zg‘atadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik.
😷 Odamlarda ham, hayvonlarda ham uchraydi.
🐄 Asosan qoramol, qo‘y, echki, ot va tuyalarda ko‘p kuzatiladi.
🔥 Kasallik tez tarqalishi va og‘ir kechishi bilan xavfli hisoblanadi.

👉 Kuydirgi uch xil shaklda kechadi:
🔴 Teri shakli (ko‘proq uchraydi)
🔴 Nafas yo‘llari shakli
🔴 Ichak shakli

⚠️ Davolanmasa, inson hayoti uchun juda katta xavf tug‘diradi!

Kuydirgi kasalligi yuqish yo‘llari!

🚫 Kasallikdan saqlanish uchun uning yuqish yo‘llarini bilish juda muhim!

Kuydirgi odamga quyidagilar orqali yuqadi:
🐄 Kasal hayvon go‘shti, terisi, junidan foydalanish orqali
🤲 Yuqtirilgan joyga tegish (teri orqali)
🌬️ Bakteriyalar chang orqali nafas yo‘liga tushganda
🍖 Yetarlicha pishmagan go‘sht iste’moli orqali

‼️ Bakteriyalar tashqi muhitda uzoq vaqt saqlanib qoladi – tuproqda ham yillar davomida yashashi mumkin.

🔰Sanepidqoʻmita Dehqonobod tuman boʻlimi axborot xizmati.